Dunyoning aksariyat mamlakatlarida bolalar voyaga yetgach, ota-onalaridan alohida yashashga harakat qiladi. Ularni to‘xtatadigan yagona narsa shaxsiy uyga ega bo‘lish yoki hech bo‘lmasa ijaraga olish imkoniyatining yo‘qligidir. Ammo ayrimlar boy va mashhur bo‘lib ketgan taqdirda ham ota-onalari bilan birga yashashda davom etadi. AdMe 40 yoshdan oshgandan keyin ham ota-onalaridan alohida yashashga shoshmayotgan mashhurlarni aniqladi.
Leonardo Di Kaprio
Foto: East News
Leoning ota-onasi u tug‘ilganidan 1 yil o‘tib ajrashgan. Shundan so‘ng onasi Irmelin Indenbirken o‘z hayotini butunlay o‘g‘liga bag‘ishlagan.
Maykl Bakari Jordan
Foto: East News
«Qora pantera» filmi unga mashhurlik keltirdi va nihoyat bolalikdagi orzusi — ota-onasiga uy olib berish niyatiga yetdi. Ayrimlar aktyorning o‘zi ham shu uyda ular bilan birga yashaydi, deb hisoblaydi. Ammo uning o‘zi shunchaki qo‘shnichilik sababli ota-onasining uyida ko‘p bo‘lishini aytgan.
Zendaya
Foto: Getty Images
Disney telekanalining 22 yoshli yulduzi Zendaya ham o‘ziga uy sotib olishga qurbi etsa ham, ota-onasi bilan birga yashashni afzal ko‘radi.
Bredli Kuper
Foto: East News
Bredli Kuper otasi vafotidan so‘ng onasi Gloriya Kampano bilan Los-Anjelesga ko‘chib kelgan. Aktyorning onasi allaqachon ulg‘aygan o‘g‘lining hayotida bevosita ishtirok etib, hatto umr yo‘ldosh tanlash qaroriga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar bo‘lajak rafiqasi onasiga yoqmasa, qiz bilan munosabatlariga nuqta qo‘yilishi hech gap emas.
Rafael Nadal
Foto: East News
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal yaqin kunlardan buyon o‘z oilasi bilan birga yashamoqda.
Mishel Obama
Foto: East News
Agar sobiq prezident Barak Obama rasmiy suratlariga nazar tashlansa, unda AQShning sobiq birinchi xonimining onasi Marian Robinson borligini ko‘rish mumkin. Mishel Obamaning onasi qizi va kuyovi bilan Oq uyda yashagan.
Sofi Monk
Foto: East News
Avstraliyalik qo‘shiqchi, aktrisa va model Sofi Monk ota-onasi bilan, aniqrog‘i, Avstraliyadagi Oltin Qirg‘oqda joylashgan hashamatli uyda yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi