15:18 / 09.07.2019
3 973

«Qochoq er»ning qaytishi

«Qochoq er»ning qaytishi
«TikTok» ilovasidan skrinshot.
Qisqa musiqali videolari bilan mashhur «TikTok» ilovasi hindistonlik ayolga «bedarak yo‘qolgan» erini topib berdi.

«Ubergizmo» yozishicha, 2016 yili uyidan chiqib ketgan Suresh izsiz yo‘qoladi. Oilaboshini izlamagan joyi qolmagan xotin bechora oxiri politsiyaga chiqadi. Ular ham topisholmay, erkakni «bedarak yo‘qolganlar» ro‘yxatiga tirkab qo‘yishadi.

Ammo Hindistonda hamma hikoya yaxshilik bilan tugashi kerak... Erini yo‘qotgan haligi ayol oradan vaqtlar o‘tib «TikTok»da bir odamni ko‘rib qoladi — eriga bir tomchi suvdek o‘xshash, yonida ayoli ham bor... Oyog‘ini qo‘liga olib politsiya idorasiga chopgan ayol ularga videolavhani qo‘yib beradi.

Huquq posbonlari nafaqat erkakning joni omonligi, hatto boshqa bir ayol bilan topishib olganigacha surishtirib bilishdi. Sureshning boshi og‘ib Xosur sanoat shahriga ketib qolgan ekan.

Keyin bilishsa, yechimini topmas kundalik muammolar erkakni uydan haydab chiqargan ekan. Ammo politsiya bilan suhbatdan so‘ng insofga kirib qolgan er xotini va bolalari yoniga qaytishga rozi bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Qochoq er»ning qaytishi