Foto: Pixabay
Italiyaning eng mashhur sirklaridan biri Circo Orfei «Besh qit’aga sayohat» shousini tayyorlab, uni gastrol safarlarida namoyish etmoqchi edi, deb yozmoqda Daryo.uz nashri National Geographic'ga tayangan holda.
Sirk 15 iyunda Bari shahriga kelgan va u yerda bir oy davomida qolishi kerak bo‘lgan. Ammo 4 iyul kuni kechasi sirk maydonida mudhish voqea ro‘y berib, yo‘lbarslarning to‘rttasi dressirovkachini navbatdagi tomosha boshlanishidan bir soat oldin o‘ldirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 61 yoshli dressirovkachi Ettore Veber yo‘lbarslar bilan chiqishni repetitsiya qilayotgan bo‘lgan. Yo‘lbarslardan biri to‘satdan uni yiqitgan, so‘ng qolganlari unga tashlangan. Hamkasblari va tibbiyot xodimlari yo‘lbarslarni jasaddan haydagunicha bir yarim soatdan ko‘p vaqt o‘tgan.
Veber vafot etgan. Shifokorlar uning umurtqa shikastlanishi va boshqa jiddiy jarohatlar olganini ma’lum qilgan. Endi gastrol safarlari davom ettiriladimi-yo‘qmi — noma’lum.
Yo‘lbarslarning taqdiri nima bo‘lishi ham noma’lum. Yirtqichlar, ko‘pincha, odamlarga hujum qilganidan so‘ng o‘ldiriladi. Ammo bu holda ularni safari-bog‘ga yuborish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi