Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy telefon muloqoti o‘tkazishdi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, muloqot o‘tkazish tashabbusi Ukraina tomonidan bildirilgan. Peskovning ta’kidlashicha, yetakchilar “ikki tomondan ushlab turilganlar shaxslarni” qaytarish bo‘yicha ekspert darajasidagi ishni davom ettirishga kelishib olishgan.
“Shuningdek, normand formatida aloqalarni davom ettirish imkoniyati muhokama qilingan”, deb qo‘shimcha qilgan Peskov.
Ukraina prezidenti matbuot xizmatida o‘z navbatida suhbatning asosiy mavzusi “asirda ushlab turilgan harbiy dengizchilarni ozod qilish” bo‘lgani ma’lum qilingan.
“Shuningdek, gap Rossiya hududida saqlanayotgan Ukrainaning boshqa fuqarolarini qaytarish haqida borgan”, deyilgan xabarda.
Avvalroq shu haftada Zelenskiy Putinga Minskda uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgandi. U bu uchrashuvda AQSh, Fransiya, Britaniya va Germaniya yetakchilari ham ishtirok etishlari kerakligini aytgan. Peskov bu tashabbusga izoh berib, Moskvada u ko‘rib chiqilishini, biroq bunday sammitning istiqboli bor-yo‘qligini anglab olish zarurligini aytgan.
Putinning o‘zi esa Zelenskiyning taklifiga izoh berib, Rossiya Donbassdagi ixtilofni hal qilishning birorta formatidan bo‘yin tovlamaganini eslatib o‘tgan hamda bunday uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilishi kerakligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi