Foto: Trend Life
Yakka kurash san’ati ustasi va Gollivud yulduzi Stiven Sigal rafiqasi Batsuxiyn Erdenetuyaa bilan Ozarbayjon poytaxti Bokuga tashrif buyurib, «Jara 2019» xalqaro festivalining mehmoni bo‘ldi, deb xabar beradi «Daryo.uz» nashri.
«Emin (ozarbayjonlik xonanda) mening do‘stim va uning o‘z ona shahri Bokuga yana bir bor borish, Kaspiy dengizi bo‘yida dam olish va festival sahnasida chiqish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildim. Ozarbayjonga yana tashrif buyurganimdan juda xursandman. Bokuda, shuningdek Haydar Aliyev markazida yakkaxon konsertda va o‘tgan yili «Jara»da sahnaga chiqdim. Boku dunyodagi eng yaxshi shaharlardan biri. Bu yerda yuqori darajadagi bag‘rikenglik, barcha dinlar va xalqlarga hurmat ko‘rsatiladi.
Foto: Trend Life
«Jara» festivali yuqori saviyada tashkil etilgan, u dunyodagi eng yaxshi festivallardan biri va men yana bir bor ushbu sahnada chiqish qilayotganimdan mamnunman. Munosib qabul qilgani uchun barchaga minnatdorchilik bildiraman va Eminga yanada muvaffaqiyatlar tilab qolaman!» — dedi Stiven Sigal.
Foto: Trend Life
Foto: Trend Life “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi