2 203
AQSh Oliy sudi Trampga Pentagonning 2,5 mlrd dollarini chegaradagi devorga sarflashga ruxsat berdi
Foto: AP
AQSh Oliy sudi Donald Tramp ma’muriyatiga Pentagon jamg‘armasidan 2,5 milliard dollarni Meksika bilan chegaradagi devorni qurishga sarflashga ruxsat berdi. «RIA Novosti»ning yozishicha, bu haqda sud qarorida aytilgan.
Prezident ma’muriyati bilan Vakillik palatasi demokratlari va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti sudlashgan. Oliy sud bundan xarajatni noqonuniy deb topgan quyi instansiya sudi qarorini bekor qilgan.
Deputatlarning fikricha, Tramp o‘z qarori bilan federal byudjetning barcha pul ajratmalarini tasdiqlashi kerak bo‘lgan Kongress vakolatlarini buzmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qiluvchi tashkilot esa devor ko‘plab o‘simlik va hayvonlar populyatsiyasiga salbiy tas’ir ko‘rsatishini aytgan.
Devor noqonuniy muhojirlar oqimiga barham berish maqsadida qurilmoqda. Bu Trampning saylovoldi kampaniyasida bergan asosiy va’dalaridan biridir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”