14:13 / 28.07.2019
3 003

Putin Boltiqbo‘yi mintaqasida cho‘kib ketgan suvosti qayig‘i halokat joyiga sho‘ng‘idi (video)

Putin Boltiqbo‘yi mintaqasida cho‘kib ketgan suvosti qayig‘i halokat joyiga sho‘ng‘idi (video)
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin urush davrida Fin ko‘rfazida cho‘kib ketgan «Sh-308» suvosti qayig‘i halokat joyiga batiskafda sho‘ng‘idi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

Marosim protokolida Putinning suv ostiga «C-Explorer 3.11» apparatida sho‘ng‘ishi, suv osti qayig‘iga yaqinlashib, unga komandir va ekipaj a’zolari ismlari yozilgan xotira taxtasini o‘rnatishda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan edi.

Sho‘ng‘ishdan avval ekspeditsiya rahbari Konstantin Bogdanov president va mudofaa vaziriga sovet suv osti askarlarining fashistlar bilan qanday kurashgani hamda «Sh-308» taqdiri haqida so‘zlab berdi.

Bundan tashqari, prezidentga Boltiq dengizi xaritasidan ushbu hududda halokatga uchragan boshqa suvosti qayiqlari joyi, shuningdek «Sh-308» ning hozirdagi joylashuv o‘rni ko‘rsatildi.

Sho‘ng‘ish taxminan 30 daqiqa davom etdi. Putin suvdan chiqqach jurnalistlar bilan o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi. Shuningsdek, ekspeditsiya ishtirokchilari va akvalangchilar bilan muloqot qildi. Prezident ularga mehnati uchun minnatdorchilik bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Boltiqbo‘yi mintaqasida cho‘kib ketgan suvosti qayig‘i halokat joyiga sho‘ng‘idi (video)