Foto: AP
30 iyul kuni Londonda Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid al-Maqtum va uning qochib ketgan rafiqasi Hayya bint Al-Husayn ishi bo‘yicha sud eshituvi boshlandi, deb xabar qiladi Sputnik.
Avvalroq, shayx ajrimga erishish va ikki farzandni o‘zida olib qolish huquqini qo‘lga kiritish uchun sudga da’vo arizasi kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Telegraph nashrining yozishicha, sud eshituvi Londond Oliy sudining oila masalalari bo‘yicha palatasiga bo‘lib o‘tmoqda. Malika sud eshituviga shaxsan kelgan.
Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, malika bolalar ustidan vasiylik huquqini o‘zida qoldirish uchun kurashmoqda. Bundan tashqari, u ingliz sudlarining biriga ushbu nikohni majburiy deb topish va tahdidlar va xiraliklardan himoya orderini berish talabnomasini kiritgan.
Britaniyaning Sun tabloidi ilgariroq shayxning xotini 11 yashar qizi va yetti yashar o‘g‘lini olib, 39 million dollarga yaqin pul bilan mamlakatdan qochgani haqida xabar bergan edi. Sun nashrining yozishicha, malika avvaliga Germaniyaga borgan va boshpana so‘rab, ajrashish uchun hujjatlarni topshirgan. Biroq Germaniya TIV bu ma’lumotlarni tasdiqlamadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi