Rio-de-Janeyrodagi turmadan uzoq yillik jazoni o‘tayotgan narkobaron o‘zining 19 yoshli qizi ko‘rinishida qochishga urindi. Bu haqda Globo portali xabar berdi.
42 yoshli gangster Klauvino da Silva 73 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lib, u o‘tgan shanba kuni yoniga yaqinlari, jumladan qizi tashrif buyurganda qochishga uringan.
Da Silva qizi qiyofasiga kirish uchun parik, lateks niqob va ayollar koftasidan foydalangan.
Biroq qo‘riqchilar jinoyatchini “Jerisino” turmasidan chiqish joyida xatti-harakatidagi shubhali belgilarni payqab ushlashga muvaffaq bo‘lishgan. Portal saytida joylashtirilgan videokadrlarda mahbusning nayrangi kamera oldida fosh qilingan: “omadsiz” qochoq dastlab parigini, so‘ngra niqobni va koftani yechgan va aslida kimligi ma’lum bo‘lgan.
Politsiya ushbu holat yuzasidan tergov olib bormoqda. Taxmin qilinishicha, jinoyatchining qochishi uchun zarur buyumlarni turmaga uning yoniga kelganlar orasida bo‘lgan va qo‘riqchilar tomonidan tintuv qilinmagan “homilador” ayol olib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi