3 779
Atamboyevning tarafdorlari yo‘lni to‘sishdi. Daraxtlar ag‘darildi va shinalar yoqildi (foto)
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning uyiga olib boradigan yo‘l to‘sib qo‘yildi. Yo‘lning bir tomoni huquq tartibot organlari tomonidan, ikkinchi tomoni Atamboyevning tarafdorlari tomonidan to‘silgan.
Huquq tartibot organlari xodimlari trassani avtomobillari bilan to‘sishgan.
Sobiq prezident tarafdorlari yo‘lni toshlar va shinalar bilan to‘sishgan. Ular shinalarni yoqishgan. Bundan tashqari, yo‘l bo‘yidagi daraxtlar arralanib, yo‘l ustiga yiqitilgan. Ular bu orqali Almazbek Atamboyevning uyini qo‘riqlash uchun barrikadalar o‘rnatishga harakat qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 avgust kuni sobiq prezidentning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyida otishma ovozlari eshitila boshlandi. Internetda tarqalgan videolarga ko‘ra, uyni maxsus topshiriqli bo‘linmalar xodimlari qamal qilgan. Uyda sobiq prezidentning tarafdorlari bo‘lgan yuzlab kishilar to‘plangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 10 kishi jarohatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?