Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Orozbek Opumbayev iste’foga chiqmoqchi ekanligini ma’lum qildi. U bu haqda parlamentning shoshilinch majlisida aytdi.
«Mening aybim bor, buni tan olaman. Uch yarim mingta jangchining barchasi bilan harakat qilishimiz mumkin edi. Ular qurolsiz edi», — dedi Opumbayev.
Opumbayev iste’foga chiqishi haqida prezident Sooronbay Jeenbekovni xabardor qilganligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni Atamboyevni qo‘lga olish uchun maxsus amaliyot o‘tkazildi. Uning qarorgohi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘iga borgan maxsus bo‘linma uning uyiga bostirib kirdi, ammo ichkarida qarshilikka uchradi, qolaversa tashqaridan kirib kelgan sobiq prezidentning tarafdorlari ularni o‘rab olgach, taslim bo‘ldi. Ular Atamboyevning tarafdorlari tomonidan qo‘lga olindi.
Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi to‘qnashuv oqibatida 50dan ortiq kishi jarohatlandi, bir nafar harbiy kasalxonada vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi