
Foto: Knews
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev hokimiyat vakillariga taslim bo‘ldi. Bu haqda sobiq davlat rahbarining shtabi xabar qilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Atamboyev o‘z qarorgohi hududidan huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan olib chiqib ketildi», - deya ma’lum qilgan shtab vakili.
Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, kuchishlatar tuzilmalari vakillari Almazbek Atamboyevni Qo‘y-Toshdan olib chiqib ketishgan. U bilan muzokaralar juda uzoq davom etgani, biroq Atamboyev taslim bo‘lgani bildirilmoqda.
Bundan biroz avvalroq Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha yangi amaliyot boshlangandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga nisbatan maxsus vositalardan foydalangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchishlatar tuzilmalar xodimlari Almazbek Atamboyevning Qo‘y-Toshdagi qarorgohini o‘rab olishgan. Xodimlar bir qismi qarorgoh ichiga kirgani, Atamboyev tarafdorlaridan bir guruhi esa voqea joyidan uzoqlashgani aytildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar