Reuters axborot agentligining jurnalisti Mariya Svetkova Rossiyada harbiy xizmatga ayollar majburiy chaqirtirilmasa-da, harbiy komissariatga chaqiruv qog‘ozi oldi. U bu haqda Facebook’da ma’lum qildi. Chaqiruv qog‘ozi ayol jurnalistga 27 iyulda Moskvadagi norozilik namoyishida ushlangandan keyin kelgan.
Taajjublisi, bu chaqiruv qog‘ozi Mariya Vladimirovich Svetkov nomiga kelgan.
“Umuman olganda, meni hayratlantirish qiyin deb o‘ylardim, biroq bu yerda Mariya Vladimirovich Svetkov nomiga chaqiruv qog‘ozi keldi. Buni menga ma’lum qilgan rasmiy xodim hoholab kulardi. Gap shundaki, men jurnalistman va o‘sha vaqt ishlayotgan bo‘lsam-da, 27 iyulda meriya oldidagi aksiya oldidan ushlangandim, 27 iyuldan 3 avgustgacha esa davlat idoralariga barcha ushlanganlarni soliq idoralaridan tortib sud nozirlarining bazalari bo‘yicha tekshirish buyrug‘i berilgan va shu tariqa ularning namoyishlarga boshqa bormasliklari maqsadida rasmiy so‘roqlar bilan qo‘rqitishlar bo‘lib o‘tgan”, deb yozgan Mariya Svetkova.
Foto: Facebook /Mariya Svetkova
Jurnalistning aytishicha, rahbariyatdan bema’ni buyruq olinganda, bunga qarshi kurashishning yagona yo‘li uning be’maniligini saqlab qolgan holda bajarishdir.
The Bell nashrining xabar berishicha, tergov qo‘mitasi bahorgi chaqiruv 15 iyulda yakunlanganiga va kuzgi chaqiruv oktyabrda boshlanishiga qaramay kelishilmagan aksiyalarda armiyadan bo‘yin tovlovchilarni izlashga va’da bergan.
Ma’lum qilinishicha, 16 kishiga nisbatan Rossiya jinoyat kodeksining “Harbiy va muqobil xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlash” moddasi bo‘yicha tergovoldi tekshiruvi boshlangan.
Moskvada 14, 27 iyul va 3 avgust kunlari shahar dumasiga deputatlikka nomzodlarini o‘tkaza olmaganlar tomonidan uyushtirilgan kelishilmagan namoyishlar bo‘lib o‘tgan. Politsiya ularda turli qoidabuzarliklar uchun umumiy hisobda 1,7 mingga yaqin odamni ushlagan. Rossiya tergov qo‘mitasi ommaviy tartibsizliklar va hokimiyat vakiliga hujum qilish bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atgan.
Moskva shahar dumasiga saylovlar 8 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Saylov komissiyalari ularda ishtirok etishga 233 kishini qo‘ygan, 57 kishiga rad javobi berilgan. 22 nafar ro‘yxatga olinmagan nomzodning imzolar ro‘yxatida 339 nafar o‘lgan odam, 29 nafarinikida esa 14 mingdan ko‘proq mavjud bo‘lmagan saylovchilar aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi