Dollarning jadal o‘sishi Amerika iqtisodiyotiga talafot yetkazmoqda, deb yozmoqda «Bloomberg». Ayrim bozor ishtirokchilari bu retsessiya keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda.
Kuzatuvlarga ko‘ra, dollar kursini mustahkamlash AQSh transmilliy kompaniyalari daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatish tamoyiliga ega, shuningdek, trillionlab dollar qarzi bor xorijiy korporatsiyalar chiqimini ko‘paytiradi.
Jumladan, dollarning salbiy ta’sirini «Coca-Cola», «Caterpillar», «Boeing» kabi kompaniyalar his qilishmoqda. Iqtisodchilarning fikricha, Amerika valyutasining keyingi har qanday mustahkamlanishi jahon iqtisodiyotiga yoqmasligi tayin.
«Morgan Stanley» va «Brandywine Global Investment Management» dollar dinamikasida jahon va AQShda galdagi retsessiya potensial katalizatorini ko‘rishmoqda hamda yaqin besh yil ichida kursning 25 foizga tushib ketishini prognoz qilishmoqda.
Dollarning omonat ahvoli fonida iqtisodchilar janubiy koreya voni, chex kronasi, yangi zeland dollari, yapon iyenasi va shveysar frankini tanlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp dollar kursining mustahkamlanishidan bezovta ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Amerika kompaniyalarining raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi