3 646
Dubayda «Xo‘ja qo‘mondon» hibsga olindi. Dushanbe uni ekstraditsiya qilishga erishmoqchi
Foto: «Asia-Plus»
Tojikiston sobiq «Xalq fronti»ning sobiq qo‘mondoni Xo‘ja Karimov tojik rasmiylarining iltimosiga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklarida hibsga olindi, deb xabar bermoqda «Daryo.uz» nashri.
Tojikiston ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Umarjon Emomalining ma’lum qilishicha, Tojikiston rasmiylari Xo‘ja Karimovni Dubaydan Dushanbega ekstraditsiya qilish uchun hujjat tayyorlamoqda.
«Xo‘ja qo‘mondon» sifatida tanilgan Xo‘ja Karimov 2008 yilning oxirida Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan.
O‘shanda Tojikiston tashkilotga a’zo mamlakatlardan fuqarolar urushi yillarida Tojikistonda bir qator jinoyatlarda gumon qilinayotgan dala qo‘mondonini qidirish va ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ragan. Taxminlarga ko‘ra, Xo‘ja Karimov o‘sha paytda Malayziyada bo‘lgan. Unga qotillik, tovlamachilik, talonchilik ayblari qo‘yilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xo‘ja Karimov «Xalq fronti»ning dala qo‘mondoni bo‘lgan. 1992—1993 yillarda Tojikiston Mudofaa vazirligi maxsus brigada qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, Tojikiston futbol federatsiyasining sobiq prezidenti vazifasini bajargan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi