AQShda joylashgan Aholi tadqiqotlari instituti (Population Research Institute) Xitoyni uyg‘ur ayollarni majburan sterilizatsiya qilishda aybladi. Bu haqda “Yevronyus” xabar bermoqda.
“Xitoyda uyg‘urlarning jami aholi tarkibidagi ulushi 1 foizga ham yetmaydi. Biror mamlakatda bunchalik oz nisbatdagi xalqning tabiiy ko‘payishini cheklash yoki nazoratga olish uni butkul yo‘q qilishga urinishdir”, – deyiladi institut tarqatgan bayonotda. Ta’kidlanishicha, “Xitoyning uyg‘ur ayollarini majburan abort va sterilizatsiya qilishi, tug‘ilishni nazoratga olishi uyg‘ur xalqining hayot sifatini ta’minlash deb hisoblanmaydi”.
“Yevronyus” xabarida Sharqiy Turkistondagi konslagerlar va turmalarda uyg‘ur va boshqa musulmon ayollar turli dorilar bilan sterilizatsiya qilinayotgani aytilgan. O‘ttiz yoshli Mehrigul Tursun o‘zi bexabar holda bepushtga aylantirilgan ayollardan biri. U qamoqdan chiqqanidan keyin AQShga qochishga muvaffaq bo‘lgan. Mehrigulning aytishicha, u hech bir sababsiz qamoqqa olingan va qamoqdaligida qandaydir ukol qilingan. AQShga kelganidan keyin tibbiy ko‘rik chog‘ida Xitoyda sterilizatsiya qilinganidan xabar topgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar