
Mashhur aktyor Bryus Lining qizi, aktrisa Shennon Li Variety jurnaliga bergan intervyusida rejissyor Kventin Tarantinoni tanqid qildi.
U rejissyorning Bryus Li "juda takabbur" bo‘lganligi haqidagi so‘zlaridan g‘azablangan.
"Jimgina turganida yaxshi bo‘lardi. Yoki kechirim so‘rab, "Bryus Li aslida qanday bo‘lganligini bilmayman. Bu so‘zlarni shunchaki o‘z filmim uchun yozgandim. Ammo u aslida takabbur bo‘lgan deb o‘ylamanglar", degani yaxshi edi", dedi Shennon Li.
Avvalroq Shennon Li Tarantinoning "Bir kuni Hollivudda" filmida Bryus Li rolini ijro etgan aktyor Maykl Moning iste’dodiga yuqori baho bergan, ammo rejissyorning Bryus Lini "karikatura"ga aylantirib qo‘yganidan norozi bo‘lgandi.
Ssenariyga ko‘ra, Bred Pitt o‘ynagan qahramon, kaskadyor Kliff But Bryus Lini jangda yengadi va uni suratga olish guruhi oldida sharmanda qiladi.
Moning aytishicha, uning qahramoni rejissyor xohlagani uchun kaltak yeydi.
Bryus LiKventin TarantinoShennon LiAktrisa IntervyuHollivud FilmiJangda Yengish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar