
Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi to‘yda sodir etilgan portlash oqibatida 63 kishi halok bo‘ldi, 182 kishi yaralandi. Bu haqda Tolo News nashri xabar berdi. Portlash sodir bo‘lganini Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi tasdiqlagan.
Portlash mahalliy soat bilan 22:40da Kobuldagi banket zallaridan birida yuz bergan. Guvohlarning ta’kidlashicha, terrorchi-xudkush o‘zini sahna oldida portlatgan.
Ma’lum qilinishicha, Afg‘onistonda odatda to‘y marosimlarida 400 dan ko‘proq odam ishtirok etadi.
Nashrning ta’kidlashicha, portlash Afg‘oniston uchun juda ahamiyatli bir vaqtda, AQSh va “Tolibon” 18 yillik urushni to‘xtatishga yaqin turganda sodir etilgan.
Keyinroq “Tolibon” teraktga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan.
Afg‘onistonKobulPortlashTo‘y MarosimiTerrorchi-XudkushAQSh Tolibon O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar