
Foto: Ludovic MARIN / AFP
G7 sammitining iqlim bo‘yicha sessiyasiga taklif etilgan davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlariga Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning o‘ziga xos sovg‘asi - okeanlardan yig‘ib olingan plastiklardan tayyorlangan soatlar taqdim qilindi. Bu haqda Fransiyaning BFMTV telekanali xabar berdi.
"Katta yettilik" sammiti Fransiyaning Biarrits shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Sammitning asosiy mavzularidan biri iqlim mavzusi bo‘ladi.
"G7 sammitining iqlim bo‘yicha sessiyasiga taklif etilgan davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari Fransiya prezidentining sovg‘asini olishdi. Sovg‘a o‘ziga xos: okeanlardan yig‘ib olingan plastiklardan tayyorlangan soat", - deya qayd etadi telekanal.
Ilgari G8 shaklida bo‘lgan mazkur guruhga hozirda Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya va Kanada kiradi. Rossiya guruhdan 2014 yilda chiqarib yuborilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar