06:38 / 29.08.2019
3 461

Lukashenko Polshaga Putin taklif qilinmagani sababli bormaslikka qaror qildi

Lukashenko Polshaga Putin taklif qilinmagani sababli bormaslikka qaror qildi
Foto : RIA Novosti / Sergey Bobыlev
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polsha poytaxti Varshavaga Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Rzeczpospolita nashri xabar berdi.

Nashrda ma’lum qilinishicha, Polsha prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Varshavadagi tadbirga taklifnoma yubormagan. Shu sabab Minsk Rossiyani qo‘llab-quvvatlab, Polshadagi xotira tadbiriga delegatsiya yubormaslikka qaror qilgan.

Belarus tashqi ishlar vazirligi bu ma’lumotga hozircha izoh bermagan.
Varshava esa Rossiyani taklif qilmaganini sobiq ittifoq 1939 yilgi xalqaro huquqni buzgani bilan tushuntirgan.

Ikkinchi jahon urushi Germaniyaning Polshaga hujum qilishidan boshlangan, shundan keyin uning bir qismi Uchinchi reyxga, qolgani esa sobiq ittifoqqa o‘tgan.
Biroq shunga qaramay, Germaniya tadbirga taklif etilgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov dunyoning istalgan davlatida Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan har qanday xotira tadbiri Rossiya ishtirokisiz to‘laqonli hisoblanmasligini bir necha marotaba ta’kidlab o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Polshaga Putin taklif qilinmagani sababli bormaslikka qaror qildi