
Foto: «DW»
Hindiston hukumati mamlakatdan 2 mln. kishini chiqarib yuborishi mumkin. Bu haqda bugun, 31 avgust kuni «NDTV» telekanali xabar berdi.
Deportatsiyaga fuqarolar milliy reyestrida bu odamlarning nomlari yo‘qligi sabab sifatida keltirilmoqda. «Qora ro‘yxat»ga tushgan insonlar asosan mamlakat shimoli-sharqidagi Assam shtatida yashashadi, agarda deportatsiya amalga oshsa, ular Bangladeshga jo‘natiladi.
Ma’lumot uchun: Hindiston fuqarolar milliy reyestriga tegishli hududda Bangladesh mustaqil bo‘lgan 1971 yilning 24 martiga qadar yashaganini isbotlovchi dalillarga ega kishilar kiritiladi.
Hozir Assam shtatining aholisi soni — 35 million kishi. Aholining taxminan 1/5 qismini bengallar tashkil etadi. Mintaqa hukumati noqonuniy migrantlarni aniqlash uchun aholini ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Ana shu jarayonda kerakli hujjatlarga ega bo‘lmagan 2 million kishi aniqlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar