date
views 4 244

Polsha prezidenti Stalin va Gitlerni til biriktirganlikda aybladi

Polsha prezidenti Stalin va Gitlerni til biriktirganlikda aybladi
Foto: Florion Goga / Reuters
Polsha prezidenti Anjey Duda Bild nashriga bergan intervyusida sobiq ittifoq va natsistlar Germaniyasi yetakchilari Iosif Stalin va Adolf Gitler Polshani yo‘q qilish maqsadida til biriktirishgani haqida so‘zlab berdi.

Dudaning aytishicha, Polshaning bosib olinishi sobiq ittifoq va Germaniya tomonidan 1939 yil avgustida imzolangan Molotov-Ribbentrop paktida tilga olingan. Duda ittifoq armiyasini Germaniyaning bosh ittifoqdoshi deb atagan va u hujjat imzolangandan bir oy keyin Polsha hududiga kirib borganini eslatib o‘tgan.

Duda ayni vaqtda Rossiya “o‘zini bundan bexabardek tutmoqda va “tajovuzkor siyosatni” davom ettirmoqda”. Jumladan, Polsha prezidenti Rossiyani Gruziya va Ukrainaga hujum qilishda ayblagan.

Avvalroq Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Shimon Shinkovskiy mamlakat parlamentiga Rossiya nima uchun Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga taklif qilinmagani sababini tushuntirib bergan. Uning aytishicha, Rossiya o‘sha mash’um voqealarni “tarixiy haqiqat” ruhida nishonlashdan manfaatdormas.

Ikkinchi jahon urushi Germaniyaning 1939 yil 1 sentyabrda Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan. 17 sentyabrda esa Polshaga sobiq ittifoq qo‘shinlari kirib borgan va mamlakat hududi ikki davlat tomonidan bo‘linib olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polsha prezidenti Stalin va Gitlerni til biriktirganlikda aybladi