3 006
«O‘tir. Ikki!!» Ukraina ta’lim vazirining imlo xatolari ijtimoiy tarmoqlarni «portlatmoqda»
Foto: «24 Kanal»
Endigina Ukraina ta’lim vaziri sifatida ish boshlagan Anna Novosad shu zahotiyoq jamoatchilik tanqidiga duchor bo‘ldi. Ta’lim vaziri internetga joylagan ilk matndan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari juda ko‘p imlo xatolarini topishdi.
Novosad aslida hukumat o‘ziga bildirgan ishonchga minnatdorlik bildirish va aholini bajarilajak ishlardan boxabar qilmoqchi edi. Nima bo‘ldi oxiri? Savodsizlikda va ona tilini yaxshi bilmaslikda ayblashga tushib ketishdi.
Izoh qoldiruvchilar Anna Novosad qoldirgan matnni vergullar bilan «boyitishdi, ayrim so‘zlarning kelishiklarini to‘g‘rilashdi, butun boshli iboralarni boshqasiga almashtirishdi.
«Bitta maqolada shuncha xato... Siz rostdan ham Ta’lim vazirimisiz? Shundoq ham sifatsiz ta’lim tizimimiz uchun qo‘rqqulik», — deb yozadi Oleg Chuvayev «Facebook»dagi postga munosabatida.
«O‘h-hu! Yangi ta’lim vaziri ukrain tili imlo kurslariga darhol yozilishi kerakka o‘xshaydi», — deya kinoya qiladi Nadia Kalyuzhna.
Hammasidan Vladlen Nureyevning izohi oshib tushdi, u xatolari qalamda tuzatilgan matn suratini ilova qilib, «O‘tir. IKKI!!», — deya yozuv qoldirdi.
Xullas, bunaqa izohlar juda ko‘p va yangi ta’lim vazirining «savodi» ijtimoiy tarmoqlarni portlatishda davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
DXX noqonuniy qurol saqlash holatlarini aniqladi
«Asr jangi»: Fyuri va Usik og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang qiladi
Matbuot Putinning so‘nggi qarori ortida xosiyatsizlik ko‘rdi