
Foto: RIA Novosti
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning rafiqasi Yelena o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda farzandlari Kirillga jurnalistlar tomonidan haddan ortiq e’tibor qilinishiga salbiy munosabat bildirishdi.
“Ukrainskiye vesti” nashrining xabar berishicha, OAV vakillari Zelenskiyning 6 yoshli o‘g‘li birinchi sinfga borishi kerak bo‘lgan maktab yonida to‘planishgan. Biroq bolakayni suratga olishning iloji bo‘lmagan, chunki Ukrainaning birinchi xonimi kameralarni olishni talab qilgan.
“Kameralarni oling”, deb talab qilgan Yelena Zelenskaya va ularni qo‘li bilan yopgan.
Bundan avvalroq Zelenskaya Instagram’dagi sahifasida o‘g‘lining maktabga ilk bor qadam qo‘yishi haqidagi xabar bilan bo‘lishgan.
Shundan keyin Zelenskiyning shaxsan o‘zi suratga olish guruhi yoniga gaplashib qo‘yish uchun borgan va ulardan o‘g‘li suratlarini e’lon qilmaslikni talab qilgan.
Ta’kidlanishicha, shu maktabning 9-sinfida prezidentning 15 yoshli qizi Aleksandra ham ta’lim oladi. Bundan tashqari, ta’lim uchun to‘lov 13 ming dollargacha yetadigan ushbu nufuzli maktabga Ukrainaning boshqa taniqli insonlari, jumladan bokschi Aleksandr Usik, sobiq bosh vazir Vladimir Groysmanning farzandlari boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar