08:53 / 04.09.2019
3 093

Rossiyalik bloger «Twitter»dagi posti uchun 5 yilga qamaldi

Rossiyalik bloger «Twitter»dagi posti uchun 5 yilga qamaldi
Foto: ria.ru
Rossiyalik bloger Vladislav Sinitsa «Twitter»dagi posti uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib "Daryo" xabar bermoqda.

Blogerga «xatti-harakatining xususiyati va ijtimoiy xavfliligini anglagan holda» post yozib qoldirish, «nafrat va adovatni qo‘zg‘ash» aybi qo‘yilgan. Uning «tviti» huquqni muhofaza qilish xodimlarining farzandlariga nisbatan zo‘ravonlik qilishga chaqiriq sifatida baholangan.

Sud ijtimoiy tarmoqlarda 30 yoshli Maks Steklov (Vladislav Sinitsa) tomonidan yozib qoldirilgan matnni biror kishi Moskvadagi noqonuniy namoyishlarga qarshi kurashishda ishtirok etgan huquq-tartibot xodimlarining farzandlariga zarar yetkazishda qo‘llanma sifatida qabul qilishi mumkinligini aniqlagan.

Sudlanuvchining o‘zi aybini tan olmagan. Uning ta’kidlashicha, so‘zlari kontekstdan yulib olingan.
Joriy yilning iyul oyida Moskva shahar Dumasi deputatligiga nomzodlar tomonidan mitinglar tashkil etilgandik. Huquqbuzarlik uchun jami 1,7 ming kishi hibsga olingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik bloger «Twitter»dagi posti uchun 5 yilga qamaldi