23:20 / 05.09.2019
2 979

Rossiya Qrimni qo‘shib olganidan keyin AQSh Estoniyada maxfiy baza yaratgani aniqlandi

Rossiya Qrimni qo‘shib olganidan keyin AQSh Estoniyada maxfiy baza yaratgani aniqlandi
Foto: Getty Images
Estoniya hududida 2014 yildan buyon AQSh maxsus xizmatining bazasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda Estoniya jamoat radioeshittirish korporatsiyasi (Eesti Rahvusringhääling, ERR) xabar berdi.

Baza «Guvoh» nomli jurnalistik tekshiruvi dasturi mualliflari tomonidan topilgan. Ular Pentagon hujjatlarida Estoniyadagi «maxsus ob’ekt» haqida qaydni aniqlagan. Hujjatda AQSh 2019 yilda bu ob’ektga 15,7 million dollar ajratgani aniqlangan.

Bu ob’ektga tashrif buyurish uchun jurnalistlar qariyb yarim yil muzokaralar olib borgan. Oxiri baza joylashgan yerni oshkor etmaslik sharti bilan jurnalistlarga u yerga kirishga ruxsat berilgan. Shuningdek, hududni suratga olish ham taqiqlangan bo‘lib, faqat ob’ektga kirverishdagi kichik maydon bundan mustasno qilingan. U yerda jurnalistlar ikki harbiy xizmatchi bilan suhbatlashgan.

AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan pullar mashg‘ulot bazasini qurishga sarflanadi. «Bu yerda 2014 yildan buyon doimiy asosda bo‘lib kelmoqdamiz va bizning ishimiz uchun ko‘pincha ko‘proq joy talab etiladi», — degan AQSh armiyasi polkovniki Kevin Stringer.

Jurnalislarning ma’lumotlariga ko‘ra, baza Rossiya Qrimni qo‘shib olganidan keyin yaratilgan. Unda amerikalik harbiylar ham, estoniyalik harbiylar ham xizmat qiladi. Tayyorgarlik darajasiga ko‘ra, ular 2011 yilda «Al-Qoida» rahbari Usama ben Ladenni o‘ldirgan Amerika maxsus kuchlari jangchilariga teng keladi.

Kevin Stringerning aytishicha, ular AQSh qurolli kuchlarining Shtutgart shahridagi Yevropa qo‘mondonligiga bo‘ysunadi. Baza kontingentidagi odamlar soni sir saqlanmoqda.

Pentagon hujjatlarini o‘rgangan jurnalistlar u yerda 2020 yilga kelib yangi kazarmalar, tir, qurol-yarog‘ ombori va parashyutlarni quritish minorasi paydo bo‘lishi lozimligini aniqlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Qrimni qo‘shib olganidan keyin AQSh Estoniyada maxfiy baza yaratgani aniqlandi