date

Habib Nurmagomedov Putin bilan uchrashadi. Prezidentning o‘zi bunga va’da berdi

Habib Nurmagomedov Putin bilan uchrashadi. Prezidentning o‘zi bunga va’da berdi
Foto: Google Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dog‘istonda UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bilan uchrashadi, deya yozmoqda «Daryo».
30 yoshli sportchi 7 sentyabr kuni amerikalik Dastin Poreni mag‘lub etib, chempionlik unvonini himoya qildi.

Putin esa sportchi bilan shaxsan ko‘rishib, uni tabriklashini ma’lum qilgan. U bu haqda 1999 yilgi Dog‘istondagi jangarilarga qarshi kurashda qatnashgan ko‘ngilli jangchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabrida Habib Konor Makgregorni mag‘lub etgan, jangdan so‘ng esa mushtlashuv vujudga kelgandi.
Oradan biroz vaqt o‘tib esa Putin Habib bilan uchrashib, uning otasidan o‘g‘lini qattiq jazolamaslikni so‘ragandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Habib Nurmagomedov Putin bilan uchrashadi. Prezidentning o‘zi bunga va’da berdi