Rossiyalik futbolchilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev Belgorod oblastidagi koloniyadan ozodlikka chiqishdi.
Kokorinning advokati bergan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi shu kunlarda «Zenit» bilan yangi shartnoma tuzdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mamayev «Krasnodar» bilan shartnomasini bekor qilmagan va ushbu klubda o‘ynashda davom etadi.
#КокоринМамаев Александр и Кирилл Кокорины и Павел Мамаев вышли на свободу pic.twitter.com/p3YkzcZrQT
— СЭ Футбол (@se_football) September 17, 2019
Eslatib o‘tamiz, Kokorin va uning ukasi Kirill, Mamayev va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiy 2018 yil 8 oktyabr kuni Moskva markazida 2ta mushtlashuvda ishtirok etib, Minpromtorg mulozimi Denis Pak va haydovchi Vitaliy Solovchukni do‘pposlashgan edi.
8 may kuni Moskvaning Presnya sudi aka-uka Kokorinlarni 1 yilu 6 oy, Mamayev va Protasovitskiyni 1 yilu 5 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi. Ular tergov vaqtida koloniyada o‘tkazgan vaqt ham bu muddat ichiga kiritilgandi. Sentyabr oyi boshida esa futbolchilarning advokatlari ularni shartli ravishda qamoqdan ozod qilish bo‘yicha sudga iltimosnoma kiritishgan va bu iltimosnoma qanoatlantirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?