4 997
Qozog‘istonga o‘qishga borgan talabalar mahalliy aholi tomonidan kaltaklangani xabar qilindi
Foto: Otyrar.KZ
O‘zbekistondan Qozog‘istonning Chimkent shahrida joylashgan Muxtor Avezov nomidagi xalqaro universitetga o‘qishga borgan talabalar qozoq millatiga mansub mahalliy odamlardan tazyiqqa uchrayotgani xabar qilindi. Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i orqali O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga qilingan murojaatda qozoqlar talabalarni urib, kaltaklayotgani aytilgan.
«O‘zbekistonlik yoshlarimiz Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahridagi Muxtor Avezov nomli xalqaro davlat universitetiga taqsil olishmoqda. Lekin o‘sha hududning yoshlari 2 sentyabrdan beri yurtdoshlarimizni urishmoqda ekan. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisidan amaliy yordam berishini so‘rab qolamiz», — deyiladi murojaatda.
Sardor Norboyev ismli talaba tomonidan videomurojaatda aytilishicha, talabalar yotoqxonasiga ikki kishi kelgan va shishani sindirib, o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilgan. Talabaning aytishicha, ko‘cha-ko‘yda yurganda mahalliy yoshlar ushlab olib, pichoq bilan tazyiq o‘tkazgan. Sardor Norboyevning yuzida jarohat izlari ko‘rinib turibdi.
Yana bir talaba Muzaffar Tojiboyevning ma’lum qilishicha, o‘zbekistonliklar do‘konga chiqqanda urib, pulini olib qo‘yish va pichoq bilan tahdid qilish holatlari bo‘lgan. Shuningdek universitetda ham zo‘ravonliklar davom etmoqda. O‘sha kuni oliygohda bo‘lgan QVZ musobaqasi vaqtida qozoqlar zalga kirib, talabalarni urgani aytilmoqda.
Talabalar videomurojaatda yotoqxonadan chiqa olmayotganini xabar qilishdi va tashqi ishlar vazirligidan yordam so‘rashdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi