
Joriy yilning 24 sentyabr kuni Pokiston shimolida 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Buning natijasida 19 ga yaqin kishi, jumladan bir nafar bola halok bo‘lgan va 300 dan ortiq odam jarohatlangan. Bo‘lib o‘tgan voqea tafsilotlari haqida «Reuters»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.

«Eng katta zarar Jelum va Minpur o‘rtasidagi hududlarda kuzatilgan», — deydi Pokiston tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy markazi rahbari general-leytenat Muhammad Afzal.
Eslatib o‘tamiz, Jelum poytaxtdan 120 km janubi sharqda, Minpur esa Kashmir mintaqasining rasmiy Islomobod tomonidan boshqariladigan qismida joylashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar