Rossiya o‘z hududida AQShning grin-kard lotoreyasini ta’qiqlab qo‘yishi mumkin, bu haqida jurnalistlarga Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi vakili Aleksey Chepa xabar qildi.
Chepa aytishiga ko‘ra, AQSh tomonidan 10 nafar Rossiya vakillariga viza berilmagani uchun munosib javob bo‘lishi mumkin.
“Bu misli ko‘rilmagan holat. Bizning delegatlarimiz AQShga emas BMT shtab-kvartirasiga tshrif buyurishmoqchi edi. Bizning javob ham sezilarli bo‘ladi. Masalan, biz AQSh tomonidan o‘tkazilayotgan grin-kard lotoreyasini ta’qiqlab qo‘yishimiz mumkin”, - dedi deputat.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin AQShning Moskvadagi elchixonasi BMT Bosh Assambleyasi majlisiga borishni maqsad qilgan Rossiya delegatsiyasining bir qismiga, hech qanday sababsiz, viza berishni rad etgan edi.
Undan tashqari BMT majlisiga tashrif buyurgan delegatsiya vakillariga ham turli cheklovlar qo‘yilgan.
AQSh tomonidan xuddi shunday harakatlar Eron delegatsiyasiga nisbatan ham amalga oshirilgan. Xususan, AQSh hukumati Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga Nyu-York shahri bo‘ylab harakatlanishni ta’qiqlab qo‘ygan. Unga faqat AQSh kuzatuvchilar nazorati ostida BMT shtab-kvartirasini tark etishga ruxsat berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi