Foto: Fergana News
Turkmanistonning Mari viloyatida aholi davlat do‘konlaridagi arzon unga keyingi oy uchun navbatga yozila boshladi, deb xabar beradi Daryo.
Mari tumanidagi «Zarpchi» va «Taze Oba», Murgab tumanidagi «Qizil Baydak», «50 iylik», Bayramalin tumanidagi «Turkmaniston» don birlashmalarida eng tarang vaziyat kuzatilmoqda.
«Ayrim hollarda un savdoga chiqqach, odamlar unga talashib, bir-birini urib ketadi. Un hammaga yetmaydi.
Do‘konlar ishchilari xaridorlarga ularning ismi ro‘yxatda bo‘lmasa, keyingi oy uchun navbatga yozilishini hamda har kuni xabar olishni aytadi», — deyiladi xabarda.
Odamlar hatto bir oyda bir marta oilaning har bir a’zosi uchun berilishi kerak bo‘lgan ma’lum miqdordagi unni ham ololmaydi», — deydi nashr manbasi.
Qayd etilishicha, gap un yetishmasligi haqida emas, balki mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanadigan arzon unning yetishmasligi haqida bormoqda. Xususiy do‘konlar va bozorda un 5—6 baravar qimmat sotiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik"
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi