08:18 / 29.09.2019
2 726

Ramzan Qodirov Grozniydagi savdo markazida yuz bergan yong‘inni xursand bo‘lib videoga olgan shaxslarni topishni buyurdi

Ramzan Qodirov Grozniydagi savdo markazida yuz bergan yong‘inni xursand bo‘lib videoga olgan shaxslarni topishni buyurdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Grozniydagi «Grand Park» savdo markazida yuz bergan yong‘in chog‘ida quvonchini yashirmagan barcha shaxslarni topishni buyurdi. Bu haqda u aholi salomatligini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha majlisda ko‘rsatma bergan, deya ma’lum qiladi «Checheniston bugun» axborot agentligi.

«Bittasi turvolib tasvirga oladi va mamnunligini yashirmay xirgoyi qiladi. U nimadan xursand bo‘lyapti? Kimdir mol-mulkidan, tirikchiligini o‘tkazib, oilasini ta’minlab kelgan do‘konidan mahrum bo‘lganidami? Biz birovning kulfatidan quvonchini yashirmaganlarning har birini topishimiz kerak», — dedi Qodirov.

Checheniston rahbari yong‘in chog‘idagi yolg‘on xabarlardan ham norozilik bildirgan. Uning aytishicha, ayollar faryod solib, ko‘z o‘ngilarida kuyib bitgan savdo markazidan bolalarning jasadini olib chiqqanlari haqida hikoya qilgan audioyozuvlarni yetkazishgan. «Dindan xabari yo‘q, pastkash odam bo‘lish kerak bunday narsalarni o‘ylab topib, tarqatish uchun», — deya ta’kidladi Qodirov.

Ma’lumot uchun, Grozniydagi «Grand Park» savdo markazida yong‘in 19 sentyabr kuni kechki payt yuz bergan. Bu vaqtda markazda 1000 ga yaqin kishi bo‘lishiga qaramay, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli hech kim jabrlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Grozniydagi savdo markazida yuz bergan yong‘inni xursand bo‘lib videoga olgan shaxslarni topishni buyurdi