Foto: «Eron.ru»
Islom inqilobi qo‘riqchilari Korpusining aerokosmik bo‘linmasi qo‘mondoni Amir Ali Hojizodaning ma’lum qilishicha, Eron raketa tunnellarini loyiha boshlanganidan 35 yil o‘tib ham to‘xtovsiz qazimoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Hojizodaning aytishicha, yerosti shaharlar g‘oyasi 1984—1985 yillarda paydo bo‘lgan va dastlabki tunnel birinchi raketa import qilinishidan oldin qurilgan.
2016 yilning yanvar oyida televideniye orqali Emad ballistik raketalari bilan to‘ldirilgan Islom inqilobi qo‘riqchilari Korpusining chuqur yerosti tunnelining eksklyuziv kadrlari namoyish etilgan. Birinchi yerosti raketa kompleksi 2015 yilning 14 oktyabrida ochilgan.
2016 yilning mart oyida Hojizoda Eronda raketalar saqlanadigan yerosti tunnellari butun mamlakat bo‘ylab va tog‘lar ostida mavjudligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tunnellar, hatto ularga atom bombalari yo‘naltirilgan taqdirda ham, buzilmaydi.
Qayd etilishicha, uning harbiy qudrati boshqa mamlakatlar uchun xavf tug‘dirmaydi va uning mudofaa doktrinasi tiyib turishga asoslangan.
Hojizodaning aytishicha, dunyoning eng qudratli mamlakatlarigina aniq yo‘naltiriluvchi raketalarni yaratishi va ishlab chiqarishi mumkin, bunday raketalar ayni paytda 10 ga yaqin mamlakat tomonidan ishlab chiqariladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron ayni paytda mintaqadagi birinchi raqamli raketa derjavasi hamda dunyodagi 7—8 ta raketa derjavasidan biri hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”