
Foto: Instagram
Chechenistonda yashovchi fuqaro Grozniydagi «Grand-Park» savdo markazida yuz bergan yong‘in payti «Alanga baravj bo‘laversin» deya xirgoyi qilingan video uchun kechirim so‘radi.
Kadrlarda ishchi kiyimdagi va qo‘lida belkurak tutgan yigit savdo markazi hududini tozalayotgani aks etgan. U chechen tilida gapirgan va o‘zini rolik muallifi Adam Ibayev deb tanishtirgan. Ibayev o‘zining harakatini «erkaklarga va chechenlarga xos bo‘lmagan» deb atagan.
«Barchadan olingan ushbu video uchun kechirim so‘rayman. Xalqimga murojaat qilib, erkaklarga va chechenlarga xos bo‘lmagan video olmasliklari, bizga yarashmaydigan gaplarni gapirmasliklarini so‘rayman», — deydi Ibayev.
Eslatib o‘tamiz, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov oldinroq mazkur video egasini zudlik bilan topishga ko‘rsatma bergandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar