
Saudiya Arabistonida chet ellik erkak va ayol sayyohlarning nikoh guvohnomasini ko‘rsatmagan holda bitta xonada qolishlariga ruxsat berildi.
Suudi Okaz gazetasining yozishicha, bundan tashqari, endi nafaqat xorijlik, balki mahalliy ayollar ham yolg‘iz o‘zlari, ya’ni erkak hamrohsiz mehmonxonada qolishlari mumkin.
Bunday o‘zgarishlardan ko‘zda tutilgan maqsad erkak hamrohi bo‘lmagan chet ellik ayollar va er-xotin bo‘lmagan juftlarning ham Saudiya Arabistoniga sayohat qilishlarini ta’minlashdir.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni hukumati 2030 yilgacha 100 million xorijlik sayyohni jalb etishni rejalashtirgan. O‘tgan haftada 49 mamlakat fuqarolariga sayyoh vizasini berish boshlandi.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar