Al Arabia telekanalining Iroq poytaxti Bag‘doddagi ofisiga niqoblarda bo‘lgan noma’lum kimsalar hujum qildi. Bu haqda telekanal saytida ma’lum qilindi.
Telekanal muxbirining ta’kidlashicha, ofis oldiga avtomobillarda kelgan o‘nga yaqin bosqinchi qora kiyimda va yuzlari niqob bilan yashirilgan holda bo‘lgan.
Ular telekanal ofisiga bostirib kirib, xodimlarni kaltaklashgan va qurilmalarni sindirishgan. Hujum oqibatida bir necha kishi jarohat olgan.
Muxbirning ta’kidlashicha, iroqlik politsiyachilar telekanal jamoasiga hujum vaqtida yordam berishdan bosh tortgan. Iroq mutasaddi shaxslari o‘z navbatida muxbirga hujum tafsilotlari tergov qilinayotganini aytishgan.
Muxbir telekanalning Bag‘doddagi bo‘limi oxirgi kunlarda tahdidlar olgani va Iroq xavfsizlik idoralaridan xodimlari xavfsizligini ta’minlashni so‘raganini ma’lum qilgan. Muayyan muddatga himoya taqdim qilingan, biroq mamlakatdagi norozilik namoyishlari sababli politsiyachilar boshqa binolarni himoyalash uchun kerak bo‘lgan.
Iroqda bir necha kundan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ular oqibatida oxirgi 5 kun ichida 100 kishi halok bo‘lgan, 4 mingga yaqin kishi yaralangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi