Foto: Sputnik
Tojikistonning Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyati Rushan tumanidagi Razuch qishlog‘ida mahalliy aholi tomonidan 12 bosh qo‘yni g‘ajib o‘ldirgan qor qoploni ushlab olindi. Qishloq erkaklari birgalikda harakat qilib yirtqichni qafasga qamab qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan, deya xabar bermoqda Sputnik.
Mahalliy hokimiyat vakillari qor qoploni g‘ajib ketgan qo‘ylarning egalariga ko‘rilgan zararni qoplab berishni va’da qilmoqda.
Qafasga solingan qoplon yana tog‘larga qaytarildi va aholi yashash joylaridan ancha uzoq hududga qo‘yib yuborildi. Videoda yuk mashinasiga ortish vaqtida ham yirtqichning odamlarga nisbatan tajovuzkorlik qilmaganini ko‘rish mumkin.
Deyarli har yili kuz-qish mavsumida Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyatida chorva mollariga yirtqichlar tez-tez qiron keltirib turadi. Sovuqda qorni ochqagan qor qoplonlari tog‘lardan qishloq hududiga tushadi va tunda chorva mollari joylashgan qo‘ralarga kirib mol-u qo‘ylarni yeb ketadi.
2018 yil noyabrda Ishkoshim tumanining Shirgin qishlog‘ida ham qor qoploni 20 ga yaqin o‘ljalarni g‘ajib tashlaganidan so‘ng qo‘lga tushgandi. Yirtqich qishloqdan 47 kilometr olisga Sharqiy Pomir tog‘lariga olib ketilgan va u yerda yashash uchun qo‘yib yuborilgan.
Ekologlarning qayd etishicha, so‘nggi yillarda mahalliy aholining tabiatni asrash bo‘yicha savodxonligi oshgan va shu sababli ham qor qoplonlarini o‘ldirmay, ularni ushlab tog‘larga qo‘yib yuborish holatlari ko‘paygan.
Qor qoploni (ilvirs) dunyoning 12 mamlakati: Afg‘oniston, Butan, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Nepal, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonda uchraydi. Butun dunyoda qor barslarining umumiy soni 4,5 dan 8,5 minggacha ekanligi taxmin qilingan. Tojikistonda oq barslarning soni 400—500 atrofida va ular dengiz sathidan 5500 metr balandlikdagi Pomir tog‘larida uchraydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi