16:30 / 13.10.2019
2 627

Kanada bosh vaziri saylovoldi namoyishiga bronejiletda keldi (foto)

Kanada bosh vaziri saylovoldi namoyishiga bronejiletda keldi (foto)
Foto: Frank Gunn/The Canadian Press
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo saylovoldi namoyishi vaqtida sahnaga bronejiletda chiqdi. CBC telekanalining xabar berishicha, 12 oktyabrda Mississogada o‘tgan namoyishga Tryudo boshchilik qiluvchi Liberal partiyaning 2 mingga yaqin tarafdori kelgan.

Namoyish boshlanishini 90 daqiqaga kechiktirishga to‘g‘ri kelgan. Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, bunga “xavfsizlikka tahdid” sabab bo‘lgan. Aynan kimga tahdid qilingani ma’lum qilinmagan. 1,5 soatlik kechikishdan keyin bosh vazir minbarga kostyumi ostidan kiyilgan bronejitelda chiqqan. Unga xizmat formasida bo‘lgan va yelkasiga og‘ir ryukzaklar taqib olgan tansoqchilar hamrohlik qilgan. Shuningdek, turmush o‘rtog‘ining chiqishini e’lon qilishi kerak bo‘lgan bosh vazirning rafiqasi sahnada paydo bo‘lmagan.

Ta’kidlanishicha, kuchaytirilgan xavfsizlik choralari saylovoldi kampaniyasi davomida zo‘ravonliklar yuz berishi mumkinligi xavotirida ko‘rilgan. Sentyabrda politsiya har kuni internetda federal darajadagi siyosiy yetakchilar nomiga tahdidlar bildirilayotgani haqida hisobot bergan.

Ta’kidlash joiz, Tryudoning chiqishi vaqtida hech qanday kor-hol yuz bermagan. Bosh vazir o‘z nutqidan keyin ko‘plab tarafdorlari bilan qo‘l siqib ko‘rishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanada bosh vaziri saylovoldi namoyishiga bronejiletda keldi (foto)