
Parij hayvonot bog‘ida olimlar uchun jumboq bo‘lib qolayotgan mavjudot namoyish etildi. Sariq tusli bu jonzot ko‘rinishidan po‘panak zamburig‘iga o‘xshab ketadi.
Olimlar unga Blob – Tomchi deb nom berishdi. Tomchining og‘zi va oshqozoni, ko‘zi yo‘q, lekin yemish topib yeya oladi va yeganini hamz qiladi. Bir hujayrali bu mavjudotning oyoqlari yoki qanotlari ham yo‘q, lekin soatiga 4 santimetr tezlikda harakatlana oladi.
Tadqiqotchilar Tomchining 720 ta jinsiy a’zosi borligini aniqlashdi. Uning miyasi bo‘lmasa-da, o‘ylashga va ma’lumotlarni turdoshlariga uzatishga qodir. Agar uni o‘rtasidan bo‘linsa, ikki daqiqadayoq o‘zini tiklab oladi.
Bu mavjudot Yevropa o‘rmonlarida uchraydi. U deyarli o‘lmaydi, faqatgina qurg‘oqchilikda va quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushganida nobud bo‘lishi mumkin. Odatda xavfni sezishi bilan uyquga ketadi.
Bu organizm o‘simlikmi, hayvonmi yoki zamburug‘mi? Olimlar mazkur savolning javobini hozircha topa olishgani yo‘q.
Manba: Sof.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar