Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning 28 yoshli nevarasi Oysulton Nazarboyev joriy yilning iyunida Londonda politsiyachilarga hujum qilgani uchun shartli jazo oldi.
VVS xabariga ko‘ra, u giyohvand moddalarning ta’sirida politsiyalarga qarshilik ko‘rsatish va ulardan birini tishlab olishda aybdor deb topilgan.
O.Nazarboyevga 18 oylik sinov muddati berildi. Agar u ana shu muddat ichida yana qonunni buzsa, shartli jazo haqiqiyga aylanadi.
Bundan tashqari, Nazarboyev 140 soatlik jamoat ishlariga jalb etiladi va giyohvandlikdan davolanish uchun 20 ta sessiyaga qatnaydi, 1000 funt miqdorida jarima va yetkazilgan zararni qoplash uchun 5000 funt to‘laydi.
Oysulton Nazarboyev Qozog‘istonning birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva va marhum Rohat Aliyevning o‘g‘lidir. U Buyuk Britaniya Qirollik harbiy akademiyasida o‘qigan va Qozog‘iston mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasiga ishga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin