Londonda o‘g‘rilar bankomatni mashina yordamida qo‘porib olib ketishdi

Londonda o‘g‘rilar bankomatni mashina yordamida qo‘porib olib ketishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Londonda sodir bo‘lgan o‘g‘rilik aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kadrlarda ustida qora kapyushonli kiyim, oyog‘ida kulrang shim bo‘lgan erkak bankomatga uzun arqonni bog‘layotgani tasvirlangan. Arqonning ikkinchi uchi esa avtomobilga mahkamlangan.

Shundan so‘ng avtomobil harakatga kelib, bankomat kuch bilan joyidan qo‘porib olinadi. O‘g‘rilar bankomatni mashina ortidan sudrab, voqea joyidan tezda qochib ketgan.

Haber nashri xabariga ko‘ra, voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergov harakatlarini boshlagan. Hozirda kuzatuv kameralari yozuvlari o‘rganilib, gumonlanuvchilarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar