Hindistonlik shifokorlar yetti yoshli bolaning og‘zidagi rekord miqdordagi 526 tishni o‘z ichiga olgan o‘smani olib tashlashdi, deya xabar beradi Janubiy Chennaydagi tibbiy guruh.
"200 grammni tashkil qilgan ushbu o‘sma bolaning pastki o‘ng jag‘ida joylashgan edi,"- deydi operatsiyani o‘tkazgan Saveetha stomatologiya kolleji va kasalxonasining shifokori Sentilnathan P.
"U bizga jag‘idagi shish haqida shikoyat qildi", -deydi Senthilnatan. Vaholanki, bu shish bolani uch yoshidan buyon bezovta qilib kelgan.
"Biz kurashayotgan ushbu kasallik yuzlab shikastlanmagan yangi tishlardan iborat bo‘lib, judayam xavfli o‘simta edi", -deydi u. Shu sababli ham bolani tezlik bilan operatsiya qilishdi. Hindiston shifokorlari uning olib tashlangan tishlari dunyo rekordi ekanligini iddao qilishmoqda.
"Shikastlanmagan tishlari bo‘lgan o‘sma odatda irsiy holat bo‘lib, tish jarohati kabi tashqi omillar tufayli yuzaga keladi,"- dedi shifokor. "Bola tuzalib ketdi va uch kundan keyin uyiga ketish uchun ruxsat berildi", deya qo‘shimcha qildi u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi