Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi Arstanbek Abdildayev (Arstan Alay)ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deya xabar bermoqda 24.Kg nashri. O‘zini Xudo deb e’lon qilgan Abdildayev “irqiy, etnik, milliy, diniy yoxud mintaqalararo nifoq qo‘zg‘ash” moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.
Arstanbek Abdildayev sentyabr oyining oxirida o‘zini “yangi xudo” deb e’lon qilgan edi.
“Xudo bitta odamga – Arstan Alayga Koinot quvvatini in’om qildi va shuning uchun o‘zimni yangi xudo deb hisoblayman! Men yuqoridan berilgan vazifani ado etyapman”, – dedi u.
Uning aytishicha, 2020 yilda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ishdan ketishga majbur bo‘ladi, prezidentlik kursisiga esa Abdildayevning o‘zi o‘tiradi.
Abdildayevning xudolikka da’vosini 16 oktyabr kuni mamlakat parlamenti deputati Ulug‘bek Ormonov ko‘tarib chiqdi. Unga javoban Din ishlari qo‘mitasi raisi Zayirbek Ergeshov ekspertiza o‘tkazilishini va uning natijasiga qarab qaror qabul qilinishini bildirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"