22:43 / 20.10.2019
4 446

Hijobli prezident Singapur uchun nimalar qildi?

Hijobli prezident Singapur uchun nimalar qildi?
Halima Ya’qub xonim Singapur prezidenti. Bu mamlakatning yalpi ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 300 milliard dollarni tashkil qiladi. Aholisi 6 mln. kishi. Pasporti jahondagi eng kuchli pasportlardan biri hisoblanadi. Yillik daromad aholi jon boshiga 85 ming AQSh dollaridan tushadi.

Halima xonim yamanlik kishiga turmushga chiqdi. Universitetni tugatgandan so‘ng, oddiy bir xonada istiqomat qilishdi. Mansabga mingach, hukumat a’zolarini jamlab, dedi:

- Mening ismim Halima Ya’qub. Allohning bandalaridan biriman. Allohdan qo‘rqaman. Kim men bilan Singapur xalqining manfaati uchun sherik bo‘lib ishlamoqchi bo‘lsa, men uning Alloh yo‘lidagi singlisiman. Tashvishim - Singapur xalqining turmush darajasini ko‘tarish. Meni boshqa narsa qiziqtirmaydi.

U amalga oshirgan ishlar:
- Singapurning kirimi 2 trillion dollardan oshdi.
- Singapur fuqarosining yillik daromadi 85 ming dollardan oshdi.
- Singapur pasporti dunyodagi eng qimmat pasport hisoblanadi.
- Ishsizlik atigi 1 foiz xolos.
- O‘n mingga yaqin katta korxonalar ochdi.
- Singapurda buzg‘unchilik yo‘qoldi.
- Singapurdagi ishlab chiqarish korxonalariga solingan barcha soliqlar bekor qilindi.

Ma’lumot uchun shuni aytish mumkinki, Halima xonim har kuni o‘zining ayol yordamchilari bilan poytaxtdagi masjidda ayollar uchun ajratilgan bo‘limda bomdod namozini o‘qiydi. Namozdan so‘ng fuqarolarning mushkulotini tinglaydi.

Hijob hech qachon orqaga qaytish va qoloqlik bo‘lmagan. Halima xonim bu yutuqlarga qaramasdan, oddiy fuqaroligicha qolmoqda. Uni iloh qilib olishgani yo‘q. Payg‘ambarga ham tenglashtirishgani yo‘q.

Barcha hurmat va ehtirom shu kabi ayollarga bo‘lsin!
Suratdagi erkak uning turmush o‘rtog‘i Abdulloh Habashiy.
Abdulqodir Polvonov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hijobli prezident Singapur uchun nimalar qildi?