
Saudiya Arabistonida 39 nafar ziyoratchini olib ketayotgan avtobus ishtirokida yirik yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi.
Mamlakat OAV xabarlariga ko‘ra, avtobus yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketishi ortidan yonib ketgan. Avtohalokat Madina ma’muriy okurugidagi al-Axal qishlog‘i hududida ro‘y bergan. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan, yana 4 nafari esa jarohatlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus Umra ziyoratini amalga oshirayotgan arab va Osiyo mamlakatlari fuqarolarini olib ketayotgan bo‘lgan.
Jarohatlanganlarning barchasi Al-Xamna shifoxonasiga yetkazilgan. Madina gubernatori shahzodasi Feysal bin Salmon bin Abdul Aziz avtohalokat oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga barcha zaruriy tibbiy xizmat ko‘rsatilishi yuzasidan topshiriq berdi. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar