
Foto: RIA "Novosti"
Ukraina bosh prokuraturasi attestatsiyadan o‘tish va prokuraturaning yangi organlarida ishlash haqida ariza topshirmagan 218 prokurorni bo‘shatadi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
“Ular bosh prokuror ofisiga o‘tkazilish uchun attestatsiya o‘tishdan o‘zlari bosh tortganlar. Ular qatoriga belgilangan shaklga muvofiq kelmaydigan ariza topshirgan prokurorlar ham kiradi. Ular qonunchilikka muvofiq ishdan bo‘shatiladilar”, deyilgan xabarda.
Shu bilan birga 11 mingdan ko‘proq prokuror (barcha prokurorlarning 96 foizi) belgilangan namunadagi arizani topshirgan.
25 sentyabrda Ukrainada bosh prokuraturani isloh qilish haqidagi qonun kuchga kirgan. Qonunda Maxsus aksilkorrupsion prokuraturadan tashqari, prokuraturaning qolgan xodimlarining qayta attestatsiyadan o‘tishi ko‘zda tutilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar