Foto: Reuters
Ma’lum qilinishicha, josuslik tarmog‘ini Rossiya razvedka xizmati bilan aloqador hamda Rossiya va uning elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan shaxslar tashkil etishgan.
Chexiya xavfsizlik va axborot xizmati (BIS) boshlig‘i Mixail Koudelka uning idorasi va Chexiya politsiyasi Rossiyaning Pragadagi elchixonasi orqali faoliyat ko‘rsatgan josuslik tarmog‘ini fosh etganini ma’lum qildi.
"Ushbu tarmoq butunlay yo‘q qilindi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi OAV.
BIS rahbarining so‘zlariga ko‘ra, josuslik tarmog‘ini "Rossiya razvedka xizmati bilan aloqador hamda Rossiya va uning elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan shaxslar tashkil etishgan".
Koudelkaning ta’kidlashicha, tarmoq a’zolari Chexiya va boshqa davlatlardagi nishonlarga internet orqali hujum qilishni rejalashtirgan. U shuningdek, mazkur tarmoq Rossiya Yevropaning boshqa davlatlarida tashkil qilgan yirik tarmoqning bir qismi bo‘lganini aytdi.
2018 yil dekabrda BIS o‘z hisobotida Rossiya va Xitoy 2017 yilda Chexiya hududda razvedka faoliyatini kuchaytirganini ma’lum qilgandi.
Chexiyalik tahlilchilarning fikricha, Rossiyaning maqsadi NATO va YeIni ularning a’zolarini kuchsizlantirish orqali parchalab tashlashdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi