
Olma-ota shahridagi besh yulduzli mehmonxonalarning birida oilaviy janjal fojea bilan yakunlandi. Ota o‘zining bir yarim yoshli qizini urib o‘ldirib qo‘ygan. Bu haqda «Astana TV» telekanaliga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Mehmonxona xodimlaring aytishicha, bolakayning onasi ertalab, soat 7.00 atrofida faryod ko‘tarib, mehmonxona dahliziga yordam so‘rab yugurib chiqqan. Xodimlar darhol militsiya va tez yordam xizmatini chaqirishgan. Bolaning ahvoli og‘ir bo‘lgan, mehmonxona xodimlari tez yordam kelgunga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Qizaloqning yurak urishi qayta tiklangan, unda hayot alomatlari ko‘ringan.
Chaqiriq bo‘yicha yetib kelgan shifokorlar ham qizaloqqa tezkor yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng bola tez tibbiy yordam markaziga olib borildi, biroq kasalxonada qizning ahvoli og‘irlashib vafot etdi. Jarohatlar juda og‘ir va asosan bosh qismiga yetkazilgandi. Avvaliga ota o‘z qizini bo‘g‘ib o‘ldirgani aytilgan edi, ammo keyinchalik uni urgani tasdiqlandi.
Hozirda marhum qizchaning otasi qo‘lga olingan va so‘roq qilinmoqda. Politsiya gumonlanuvchi nima sababdan qotillik sodir etgani haqida ma’lumot bermayapti. Uning aybi isbotlangan taqdirda, 15 yilga ozodlikdan mahrum etilishi kutilmoqda.
Ota O‘ldirdiQizning AhvoliBesh Yulduzli MehmonxonaOilaviy JanjalTez YordamQotillik Taqdiri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar