Foto: «Bestwanderlust»
«RIA Novosti» xabar berishicha, Yevropaning barcha mamlakatlarida, Rossiya va Belarus istisno qilinganda, yakshanbadan soat millari bir soat orqaga surilib, qishki vaqtga o‘tildi.
Yevropaning barcha mamlakatlarida, ayniqsa, xalqaro temiryo‘l va havo transporti tashuvlaridagi uyg‘unlikni saqlash uchun, bir paytda — tonggi soat 4:00 da o‘zgartirildi.
Soat millarini o‘zgartirish doim bir yo‘sinda — mart va oktyabrning so‘nggi yakshanbasida amalga oshiriladi. Bu qoida Yevropa ittifoqining barcha mamlakatlari uchun amal qiladi.
Soat millarini qishki vaqtga to‘g‘rilash g‘oyasi Germaniyadan chiqqan va qo‘llana boshlaganiga salkam 40 yil bo‘ldi, Finlyandiya esa ushbu qoidaga 1981 yilda o‘tgan so‘nggi Yevropa mamlakati sanaladi.
Biroq finlar baribir qishki vaqt tartibiga ko‘nikisha olmayapti va Yevropa ittifoqiga shu qoidani bekor qilish tashabbusini kiritishgandi. Ularning taklifi 2019 yil bahorida Yevropa parlamentida ovozga qo‘yildi va 2021 yildan kuchga kirishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi